Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xayrullo Bozorov birinchi o‘rinbosarini «Neftchi» klubi prezidenti etib tayinladi
Superliga-2023da chempionlik uchun kurash olib borayotgan Farg‘onaning «Neftchi» klubiga yangi prezident tayinlandi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, «Istiqlol» stadionida Farg‘ona viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrullo Bozorov boshchiligida «Neftchi» jamoasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.
«Yig‘ilishda viloyat hokimi futbolni yanada rivojlantirish, «Neftchi» klubi qo‘lga kiritayotgan yutuqlarni ko‘paytirish va jamoaning Superliga musobaqalarida peshqadamlikni mustahkamlab olishini ta’minlash, buning uchun klub rahbariyati, futbolchilar, murabbiylar va boshqa mutaxassislar mas’uliyatini kuchaytirish masalalariga batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Viloyat hokimi klub prezidentligiga Habib Sirojitdinov tayinlanganligini e’lon qildi. Ayni paytda Habib Sirojitdinov viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Farg‘ona shahar hokimi Vosiljon Nazarov «Neftchi» klubi prezidenti sanalardi.
Ma’lumot uchun, Vitaliy Levchenko murabbiyligidagi «Neftchi» klubi Superligada 20-turdan keyin 37 ochko to‘plab 3-o‘rinda bormoqda. 2-o‘rindagi «Navbahor»da ham 37 ochko bor, peshqadam «Paxtakor» hisobida 43 ochko mavjud. Farg‘onaliklarda bir o‘yin zaxirasi bor.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026