08:37 / 12.11.2018
11487

OAV: Saudiya shahzodasiga yaqin shaxslar «dushmanlarning» o‘ldirilishini muhokama qilishgan

Foto: AFP/Getty Images

Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saudga yaqin bo‘lgan mamlakat maxsus xizmatlari xodimlari Ar-Riyod «dushmanlarining» o‘ldirilishi ehtimolini muhokama qilishgan. Bu haqda manbalarga tayangan holda The New York Times xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, shahzodaga yaqin shaxslar xususiy kompaniyalar yordamida Eron rasmiy shaxslarini buyurtma asosida o‘ldirishni muhokama qilishgan.

Ta'kidlanishicha, maxsus xizmatlar xodimlari Tehron iqtisodiyotini Ar-Riyod manfaatlari yo‘lida beqarorlashtirish ehtimolini o‘rganishgan.

Shu bilan birga, bunday muhokamalar 2017 yilning mart oyida o‘tkazilgani aytiladi.

Nashrning qayd etishicha, ushbu uchrashuvlardagi ishtirokchilardan biri saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishiga ham aloqador bo‘lishi mumkin.

Top