8455.37 USD +4.00

9554.57 EUR +77.20

131.53 RUB +2.16

11060.5 GBP +43.26

16:42 / 01.12.2018 15171

Shavkat Mirziyoyev katta Jorj Bush vafot etgani munosabati bilan Donald Trampga hamdardlik izhor qildi

Foto: Lawrence Jackson / AP Photo

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShning 41-prezidenti Jorj Gerbert Uoker Bushning vafot etgani munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampga hamdardlik izhor etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQShning 41-prezidenti katta Jorj Bush 1 dekabr kuni 95 yoshida vafot etdi.

Jorj Gerbert Uoker Bush 1924 yilning 12 iyun kuni Massachusets shtatining Milton shahrida tug‘ilgan, AQShning 41-prezidenti (1989—1993 yillarda), Ronald Reygan davrida AQShning 43-vitse-prezidenti (1981—1989 yillarda), kongressmen, diplomat, Markaziy razvedka direktori.

Katta Jorj Bush 2017 yil 24 noyabridan AQShning tarixdagi eng ko‘p umr ko‘rgan prezidenti bo‘lib kelayotgandi.

Top