AQŞning 41-prezidenti katta Jorj Buş 95 yoşida vafot etdi. Bu haqda "Vaşington post" xabar bermoqda.
Jorj Gerbert Uoker Buş 1924 yilning 12 iyun kuni Massaçusets ştatining Milton şahrida tuğilgan, AQŞning 41-prezidenti (1989—1993 yillarda), Ronald Reygan davrida AQŞning 43-vitse-prezidenti (1981—1989 yillarda), kongressmen, diplomat, Markaziy razvedka direktori.
Katta Jorj Buş 2017 yil 24 noyabridan AQŞning tarixdagi eng köp umr körgan prezidenti bölib kelayotgandi.

U Massaçusetsda, senator va Nyu-York bankiri Preskott Buş hamda Doroti Uoker Buş oilasida tuğilgan. 1941 yilda Pyorl-Xarborga hujum röy bergaç, 17 yoşida, Buş kollejga öqişga kirişni keçiktirdi va AQŞ HDKning öşa vaqtdagi eng yoş uçuvçisiga aylandi. Uruş yakunlanguniga qadar xizmat qilgan, söng Yyel universitetiga kirgan. 1948 yilda uni tamomlab, oilasi bilan Ğarbiy Texasga köçib ötdi, u yerda neft biznesini boşlab, 40 yoşidayoq millionerga aylandi.
Buş öz neft kompaniyasini taşkil etganidan unça köp ötmay siyosatga kirib, Vakillar palatasi a'zosi böldi, şuningdek, boşqa lavozimlarni egalladi. U 1980 yilgi prezident partiya saylovlarida muvaffaqiyatsiz qatnaşdi, biroq prezidentlikka da'vogar bölgan Ronald Reygan tomonidan vitse-prezidentlikka nomzod sifatida tanlandi hamda bu juftlik saylovlarda ğalaba qozondi. Buş muddat davomida bozorni tartibga soliş va giyohvand moddalar bilan kuraş böyiça ma'muriy guruhga rahbarlik qildi.
1988 yilda Buş prezidentlik saylovlarida kampaniyani muvaffaqiyatli boşlab, demokratlardan raqibi Maykl Dukakisni mağlub etdi. Buş tomonidan ötkazilgan xalqaro siyosat Panama, Filippin va Fors körfazida ötkazilgan harbiy amaliyotlar, 1989 yilda Berlin devorining qulaşi hamda ikki yil ötib SSSRning parçalanişi bilan yodda qolgan. Buş içki siyosatda 1988 yilda bergan öz sözini bajarmadi va Kongressdagi kuraşdan keyin soliqlarni oşiriş haqidagi qarorni imzoladi, u Kongress tomonidan tasdiqlandi. Keyinçalik Buş iqtisodiy muammolar oqibatida 1992 yilgi prezidentlik saylovlarida demokrat Bill Klintonga mağlub böldi.












