15:44 / 03.12.2018
21039

OAV: Tramp G20’da yetakchi ekanini emas, balki o‘ziga xos shaxsligini ko‘rsatdi

Foto: AP

Argentinadagi G20 sammitida AQSh prezidenti Donald Tramp yetakchiligini emas, balki o‘ziga xos shaxs ekanini namoyish etdi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.

Ushbu sammitda mamlakatlar o‘rtasidagi farq ancha keskin bo‘ldi, deya bildiradi telekanal. Katta Jorj Bushning o‘limi haqidagi xabarlardan so‘ng, uning birlashtiruvchi rolidagi prezidentligi va Trampning chuqur ajratilgan prezidentligi o‘rtasidagi farq aniq ko‘rindi.

«Bugun Amerika Qo‘shma Shtatlari uchun buyuk kun. Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha haqiqatdan ham katta muvaffaqiyat kuzatildi», - deya aytib o‘tdi jurnalistlarga Tramp ma'muriyatining yuqori mansabli amaldori G20’dan keyingi brifingda.

Tramp ma'muriyatida qanday g‘alaba e'lon qilinmasin - AQShning iqlim bo‘yicha Parij bitimidan chiqishimi yoki boshqasimi - ular davlatning yetakchiligiga emas, balki Amerika «o‘ziga xos» ekaniga qaratilgan. Umuman olganda, bu ko‘p talofat berib erishilgan g‘alaba hamda Qo‘shma Shtatlar, agar qachondir yana o‘ziga yetakchi rolini olsa, uni ortda qoldirish yo‘lini topishi kerak.

Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yagona uchrashuv - XXR raisi Si Tszinpin bilan kechki ovqat ustidagi muzokara, deya ta'kidlaydi telekanal. Tramp jar yoqasidan qaytib keldi va 90 kunlik savdo sulhi haqida kelishib oldi, deyiladi materialda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy va AQShning savdo sulhi faqat siyosiy tanaffusni anglatishi ma'lum qilingandi.

The New York Times gazetasining yozishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp va XXR raisi Si Tszinpin o‘rtasida Argentinadagi G20 sammitida erishilgan kelishuv - savdo urushini to‘xtatish va shartnoma tuzishga urinib ko‘rish - aftidan, Tinch okeanining har ikki tomoniga iqtisodiy ziyon paydo bo‘la boshlagach, ikki yetakchiga siyosiy tanaffus taqdim etishga qaratilgandir.

Mavzuga oid
Top