AQŞ prezidenti Donald Tramp va XXR raisi Si Tszinpin örtasida Argentinadagi G20 sammitida erişilgan kelişuv - savdo uruşini töxtatiş va şartnoma tuzişga urinib köriş - aftidan, Tinç okeanining har ikki tomoniga iqtisodiy ziyon paydo böla boşlagaç, ikki yetakçiga siyosiy tanaffus taqdim etişga qaratilgan, deb yozmoqda The New York Times gazetasi.

Vaqtinçalik sulh ikkita iqtisodiyot örtasidagi çuqur kelişmovçiliklarni bartaraf eta olmaydi va moddiy jihatdan emas, balki köproq siyosiy kelişuv sanaladi, deya aniqlik kiritgan NYT. Xitoy ham, AQŞ ham uni milliy ğalaba sifatida körsatdi, deb qöşimça qiladi gazeta. Ta'kidlanişiça, öşa paytda ham Amerika, ham Xitoy iqtisodiyotida ikki tomonlama sulh tuziş zarurati paydo bölgan.

Xususan, Xitoyning qarzdorlik bilan qoplangan iqtisodiyoti mutaxassislar prognozidan sekinroq sur'atda pasaymoqda. Şu bilan birga, Qöşma Ştatlar iqtisodiyotida ham zaif nuqtalar paydo bölmoqda, savdo uruşi amerikalik fermerlar hamda ayrim işlab çiqaruvçilarga zarba berdi, deyiladi materialda.

Boş iqtisodiy maslahatçi Stefen Mnuçinning taxminiça, agar Pekin öz majburiyatlarini bajarsa va öz iqtisodiy siyosatini özgartirsa, Xitoyga qarşi barça bojlar bosqiçma-bosqiç bekor qilinişi mumkin.

Avvalroq, Buenos-Ayresdagi G20 sammitida Donald Tramp hamda Si Tszinpin yangi bojlar joriy etilişiga taqiq qöyadigan, 90 kunlik savdo sulhini tuzişgandi.

Eslatib ötamiz, bundan avval Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe Tramp va Si Tszinpinni vazminlikka çaqirgandi.

Abe Tramp va Si Tszinpinga AQŞ hamda Xitoy örtasidagi savdo bahslari butun jahon iqtisodiyoti uçun jiddiy tahdid ekanini ma'lum qilgan. Yaponiya boş vaziri G20 sammitida savdo kelişmovçiliklarini hal qilişda yetakçilarni konstruktiv yondaşuvga ega bölişga çaqirdi.