8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

15:56 / 05.12.2018 11176

2019 yil aholi jon boshiga YaIM o‘sishi qanchani tashkil etishi mumkinligi aytildi

Foto: Flickr

2018 yil O‘zbekistonda aholiga jon boshiga yalpi ichki mahsulot o‘sishi 1 211 AQSh dollarini tashkil etishi kutilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligining 2019-2021 yillarga mo‘ljallangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognoziga doir loyihasida aytiladi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Qayd etilishicha, 2019 yilda aholi jon boshiga YaIM o‘sishi 1 494 dollar, 2020 yilda - 1 719 dollar, 2021 yilda - 1 956 dollarni tashkil etishi prognoz qilinmoqda.

2018 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 1 669 mln dollarni tashkil etishi kutilmoqda. 2019 yilda bu raqam 2 200 mln dollar, 2020 yilda - 2 685 mln, 2021 yilda - 4 100 mln dollarni tashkil etishi prognoz qilingan. 

Top