8460.92 USD +2.76

9439 EUR -62.05

131.06 RUB +1.32

10760.6 GBP -234.16

16:17 / 06.12.2018 18318

Samarqand viloyati xotin-qizlar qo‘mitasiga yangi rais saylandi

Bugun, 6 dekabr kuni Samarqand viloyatida xotin-qizlar qo‘mitasining V hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov kirish so‘zi bilan boshlangan konferensiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Kamolovna Norboyeva ishtirok etdi.

Konferentsiya ishi yakunida shu kungacha Oliy majlis senatining fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, reglament va odob komissiyasi raisining o‘rinbosari vazifasida faoliyat olib borayotgan Gavhar Zayirovna Alimova viloyat xotin-qizlar qo‘mitasining raisi lavozimiga saylandi.

U ushbu lavozimda joriy yilning 27 aprelidan buyon rahbarlik qilib kelgan Hamrotosh Norboyevna Shodiyeva o‘rnida ish boshlaydi.

Top