8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

11:03 / 07.12.2018 15353

2018 yilda majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan 30 nafar amaldor ishdan olindi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi hamda Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlash masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasining Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Majburiy mehnat to‘g‘risida”gi 29-sonli hamda “Majburiy mehnatni tugatish to‘g‘risida”gi 105-sonli konvensiyalarining ijro etilishi holatini o‘rganish natijalariga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Foto: senat.uz

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, majlisda ta'kidlanishicha, majburiy mehnatga barham berish, fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlashda sohaga doir qonunchilik asoslarini mustahkamlash alohida o‘rin tutadi. 

Sohadagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida   huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan mansab lavozimidan qat'i nazar qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rildi. 

Foto: senat.uz

Xususan, 169 nafar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish kompleksi bo‘yicha sektor rahbari (tuman va shahar hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati organlari rahbarlari) intizomiy javobgarlikka tortilgan, ularning 30 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Foto: senat.uz

Majlis ishtirokchilari tomonidan majburiy mehnatning har qanday shakllaridan foydalanishning oldini olish uchun joylarda yo‘lga qo‘yilayotgan monitoring va qayta aloqa mexanizmlari, jamoatchilik va parlament nazoratini kuchaytirish lozimligi ta'kidlab o‘tildi.

Top