Prokuratura va mehnat inspeksiyasi ötkazgan örganişda hokim örinbosarining harakatlarida huquqbuzarlik aniqlanib, unga nisbatan MJtKning 51-moddasi 1-qismi bilan jarima jazosi tayinlangan.
51-moddaning 1-qismiga köra, mehnatga biron-bir şaklda ma’muriy tarzda majburlaş 50–100 BHM (17 mln sömdan 34 mln sömgaça) jarima solişga sabab böladi. Hokim örinbosari aynan qança jarimaga tortilgani ma’lum qilinmadi.
“Milliy komissiya barça mas’ullarni, şuningdek, iş beruvçilarni, hudud rahbarlarini xodimlarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlaşga çaqiradi.
Şu örinda Konstitutsiyamizga muvofiq har kim munosib mehnat qiliş, kasb va faoliyat turini erkin tanlaş, qulay mehnat şaroitlarida işlaş, mehnati uçun adolatli haq oliş huquqiga egaligi, şuningdek, mamlakatimizda majburiy mehnat taqiqlanganligi hamda milliy qonunçiligimizda bolalar mehnati va majburiy mehnat uçun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanganligi haqida eslatib ötamiz”, – deyiladi komissiya bayonotida.













