Light | 18:30 / 16.12.2018
61760
3 daqiqa o‘qiladi

Suvni takroran qaynatish chindan ham zararlimi? Yosh kimyogarning fikri

Yaqin-yaqingacha suvni bir marchadan ortiq qaynatish zararli sanalgan. Takroriy qaynatish sog‘liq uchun xavfli moddalar konsentratsiyasini oshiradi, deb hisoblangan. Biroq vaqt bir joyda turmaydi, kimyogarlarning bilim doirasi ham kengayib, takomillashib bormoqda. Suvni bir marchadan ortiq qaynatish xavfli ekani borasidagi fikr tez orada navbatdagi noto‘g‘ri ma'lumot bo‘lib chiqish ehtimoli bor.

Instagramda shaxsiy blogini yurituvchi Qozonlik kimyogar qizning fikriga ko‘ra, takroriy qaynatishning xavfi borasidagi “afsona” rad etishni talab qiladi.

1-fikr

Suv ta'mini o‘zgartiradi. Qaynatishdan avval suvni filtrdan o‘tkazadiganlar farqni sezishlari amrimahol.

2-fikr

Kaltsiy tuzlarining xavfi. Kimyogar qiz karbonat kalsiy tuzi, ya'ni qasmoq (ko‘p qaynatilgan idish devoriga o‘tirgan sopolsimon qatlam)ni ichish yoqimsizligi borasida bahslashmaydi. Biroq agar suv ehtiyotkorlik bilan quyilsa va cho‘kindilar qo‘zg‘atib yuborilmasa, hammasi yaxshi bo‘lishini ta'kidlaydi. Bu moddalarda kalsiyning boshqa tuzlarida bo‘lgani kabi xavf yo‘q.

3-fikr

Xlor organikaning hosil bo‘lishi – afsona. Axir xlororganik moddalar va xlor qaynash vaqtida qisman yo‘qoladi.

4-fikr

Bir necha marcha qaynatilgan suvda xavfli moddalar soni ortadi. Bu to‘g‘ri, biroq ularning konsentratsiyasi sezilarli emas. Qaynash vaqtida suv qisman bug‘lanadi. Shuning uchun ayrim moddalar avvalgiga qaraganda biroz ortishi hayratlanarli emas. Agar suyuqlikning 10 ml bug‘ga aylansa, 1-2 litr suv uchun bu qo‘rqinchli emas.

5-fikr

Takror qaynatilganida suv “og‘ir” bo‘lib qoladi. Kimyogar izotopning paydo bo‘lishi mumkinligi aytadi, biroq uning konsentratsiyasi minimal darajada deb hisoblaydi. Ikkinchi marcha qaynatilgan suv og‘ir bo‘ladi, biroq zaharli emas va odamga zarar keltirmaydi.

Zaharli ta'sirni sezish uchun faqat “og‘ir” suvni bir necha kun davomida ichish kerak bo‘ladi. Organizmda uning qancha miqdori – 25 foiz yoki undan ortiqrog‘i to‘planishi kerakligi ma'lum emas.

Yosh kimyogarning fikri ana shunday. Siz bundan qanday xulosa chiqarasiz?

Mavzuga oid