13:10 / 22.12.2018
14199

AQSh Qora dengizdagi mojarodan keyin Ukraina harbiylariga moliyaviy yordamni oshirishga qaror qildi

Foto: Sega Volskii/AFP/Getty Images

AQSh Davlat departamenti Qora dengizda sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng, Ukraina harbiy-dengiz kuchlariga qo‘shimcha 10 million dollar taqdim etishga qaror qildi. Bu Rossiya Ukrainaning uchta kemasini ushlagani va dengizchilarni qo‘lga olgani tufayli yuz berdi.

«Biz buni Ukrainadagi xavfsizlikka qo‘llab-quvvatlovni kuchaytirishga qaror qilgan Litva hamda Buyuk Britaniya bilan birgalikda amalga oshirmoqdamiz», - deya ma'lum qilishgan Davlat departamentidan.

AQSh tashqi siyosat idorasi Rossiyani «qo‘lga olingan kemalar va dengizchilarni zudlik bilan Ukrainaga qaytarish»ga chaqirgan.

2019 yilda AQSh Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish uchun 250 million dollar sarflashni rejalashtirmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya OAV Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi «uchinchi jahon urushi» haqida yozgandi.

Top