Britaniyaning The Daily Express naşrida «Uçinçi jahon uruşi: Rossiya Azovga raketa kemasini jönatmoqda, u mojaroga tayyor» sarlavhali material paydo böldi.

Materialda qayd etilişiça, Rossiya fregati (soqçi harbiy kema) «Moskva va Ukraina örtasidagi uçinçi jahon uruşi» fonida Azov dengizi tomon harakat qilmoqda. Şuningdek, mintaqadagi mamlakatlar örtasidagi inqiroz oçiq qarama-qarşilikka aylanib ketişi mumkinligi ham istisno etilmagan.

Bundan taşqari, Rossiya Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning sözlari keltiriladi. Uning ta'kidlaşiça, körsatilgan hududda qayd etilgan Rossiya kuçlari xavfsizlikni ta'minlaş, şuningdek, Qrim köprigini himoya qiliş uçun zarurdir.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina bilan uruş ehtimoli haqida öz fikrini bildirgandi.