00:38 / 04.01.2019
64132

O‘rmon haqida qiziqarli ma'lumotlar

O‘rmonlarni Yer sayyorasining o‘pkasi deb atashadi va ularsiz hayot yo‘qligini aytishadi. Aslida ham shundaymikan?

Foto: Pixabay

Egallagan maydoni haqida

O‘rmon massivlari 38 million kvadrat kilometrga yaqin maydon — quruqlikning taxminan uchdan bir qismini egallaydi. U yerda sayyoradagi o‘simlik va hayvonlarning deyarli yarmi o‘sadi va yashaydi.

Ularning katta qismi Finlyandiyaga “tekkan” — bu mamlakat hududining 70 foizi o‘rmonlar bilan qoplangan.

Eng kam o‘rmon Buyuk Britaniyada — bor-yo‘g‘i 6 foiz.

Sibirning uchdan ikki qismi o‘rmon bilan qoplangan.

Foto: Pixabay

Harorat rejimi, karbonat angidrid va boshqalar haqida

Ninabargli o‘rmonlarda uning tashqarisidagiga qaraganda issiqroq. Buni daraxtning shox-barglari ta'minlaydi. Ular nafaqat namlikni, balki issiqlikni ham saqlaydi.

O‘rmonlar ozuqaviy qiymatga ega mahsulotlar bilan to‘lgan. Ularga nafaqat meva va yong‘oqlar, balki oqsil va minerallar manbai — hasharotlar ham kiradi. Ozuqa o‘rmon jonzotlariga quvvat berib, ularni to‘ydiradi, shuningdek millionlab odamlar salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ko‘plab ninabargli daraxtlar ninalaridan dorivor preparatlar tayyorlanadi. Aytgancha, ninabarglar S vitaminiga boy.

Dori preparatlarining taxminan to‘rtdan bir qismi, jumladan saratonga qarshi qo‘llaniladiganlari ham tropik o‘rmonlardagi o‘simliklardan tayyorlanadi. Bunday “xomashyo”ning yillik qiymati taxminan 108 AQSh dollariga teng.

Daraxtlar sayyoradagi uglerod siklini nazorat qilib, bir yilda taxminan 2,1 gigatonna uglerodni yutadi. Bir vaqtning o‘zida ular iqlim o‘zgarishlariga ham qarshi turadi.

O‘rmonlarda o‘suvchi har bir daraxt 95 foiz namlikni ehtiyoj bo‘lgan joyga yuboruvchi, kelib chiqishi tabiiy akveduk. Ular tuproqdagi namlikni saqlab, yemirilish jarayonlarining oldini oladi. Bir vaqtning o‘zida bug‘langan suvni atmosferaga chiqaradi, bu esa sovish effektini ta'minlaydi.

Foto: Pixabay

O‘sish tezligi va balandlik haqida

Barcha daraxtlar turli tezlikda doimiy ravishda o‘sadi. Bu namlik, tuproqning tarkibiy qismi va boshqa ko‘plab omillarga bog‘liq. Eman — eng tez o‘suvchi daraxt. Ularning shox butog‘i bir yilda 1 metrga uzayadi.

Dunyodagi eng baland daraxtni ko‘rish istagida bo‘lganlar Kaliforniyaga borishlari kerak. U yerdagi o‘rmonlardan birida 112 metrli sekvoyya o‘sadi.

Ayrim daraxtlarning nomlari bor. Masalan, yoshi taxminan 2000 yil bo‘lgan “qariya”. U Litvada o‘sadi va muqaddas sanaladi.

Yana ozgina ma'lumot

Har yili Yerdagi o‘rmonlar yuz millionga yaqin daraxtni yo‘qotadi.

Bir yilda bitta daraxt deyarli 100 kubometr kislorod beradi.

Maxagoni — dunyodagi eng qimmat yog‘och turi.

Ha, o‘rmonlarsiz Yerda hayot mavjud bo‘lmaydi.

Top