Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziya yangi prezidenti o‘z ish haqidan voz kechdi
Foto: AFP/Scanpix
Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili ish haqi olishdan bosh tortdi. Bu haqda Zurabishvili davlat rahbari maqomidagi birinchi matbuot anjumanida xabar berdi. Gruziya rahbarining ish haqi xayriya va innovatsiyalarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan jamg‘armaga o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda Anadolu.
Zurabishvilining so‘zlariga ko‘ra, yangi jamg‘arma lavozimiga kirishganidan so‘ng tugatilgan prezident zaxira jamg‘armasi o‘rniga ta'sis etildi. «Xayriya, innovatsiyalarni rag‘batlantirish kerak, prezident bu ishlarni qo‘llab-quvvatlashi lozim. Shu munosabat bilan, biz prezident shafeligida va jamoatchilik yordamida jamg‘arma tashkil etishga qaror qildik, unga men, birinchi navbatda, ish haqimni o‘tkazib boraman. Umid qilamanki, boshqalar ham menga ergashadi», - dedi u.
Salome Zurabishvili Gruziyada 2018 yil 28 noyabrda o‘tgan prezident saylovlarida g‘olib bo‘ldi. U mamlakatning 5-prezidenti bo‘ldi va ushbu lavozimni 6 yil egallaydi.
Mavzuga oid
23:20 / 04.10.2025
Gurjistonda saylov kuni namoyishchilar prezident saroyini egallashga urindi
21:42 / 08.04.2025
“Yevropa va Osiyoning o‘rtasidamiz” – Gruziya parlamentining antig‘arbona qarashlarga ega raisi
23:01 / 09.01.2025
Salome Zurabishvili hamon o‘zini Gurjiston prezidenti deb hisoblamoqda
16:33 / 29.12.2024