Mixail Kavelaşvili Gurjiston prezidenti lavozimini egalladi. Yangi davlat rahbarining inauguratsiyasi respublika parlamenti binosida bölib ötdi.

Kavelaşvili Konstitutsiyada nazarda tutilgan prezidentlik qasamyodini qabul qildi. Marosimga xorijiy elçilar ham, çet ellik mehmonlar ham taklif qilinmadi. Unda faqat deputatlar, hukumat a’zolari, Gurjiston pravoslav çerkovi vakillari, şuningdek, konstitutsiyaviy organlar vakillari iştirok etdi.

Avvalgi prezident Salome Zurabişvilining vakolatlari inauguratsiya kuni tugadi, biroq u lavozimini tark etmasligini aytdi. Uning aytişiça, siyosiy inqirozdan çiqişning yagona yöli parlamentni tarqatib yuboriş va yangi parlament saylovlarini belgilaşdir. Ammo Zurabişvili Orbeliani saroyidan (Tbilisidagi prezident qarorgohidan) çiqib ketdi, avvalroq, bundan boş tortayotgan edi. Şunda boş vazir Irakliy Kobaxidze Zurabişvili vakolatlarini Kavelaşviliga topşirişdan boş tortayotgani uçun qamoq bilan tahdid qildi.

26 oktyabr kuni Gurjistonning bir palatali 150 örinli parlamentiga saylovlar bölib ötdi. Rasmiy ma’lumotlarga köra, mamlakatda röyxatdan ötgan 18 partiyadan beştasi 5 foizlik çegaradan oşib, deputatlik mandatlarini oldi - bu hukmron «Gurjiston orzusi» va törtta muxolifat partiyasi. 2012 yildan beri hokimiyat tepasida turgan «Gurjiston orzusi» 99 örinni (53,93 foiz ovoz) qölga kiritdi.

Muxolifat saylov natijalariga rozi bölmadi va ularni soxta deb hisobladi. Şundan söng, mamlakatda ommaviy norozilik namoyişlari boşlandi va davom etmoqda. Salome Zurabişvili ham namoyişçilarga qöşildi: u saylovning rasmiy natijalarini tan olmasligini va vakolat muddati tugaşiga qaramay, prezidentlik lavozimini tark etmasligini aytdi, çunki «noqonuniy parlament yangi prezidentni saylay olmaydi».