15:52 / 09.02.2019
26022

O‘zbekistonning birinchi Drimlayneri Amsterdamdan qaytdi

Foto: KUN.UZ

11 yanvar kuni Dubaydan uchib kelgandan so‘ng, reysdan olingan O‘zbekistonning birinchi Boeing 787-8 Dreamliner (UK-78701) havo kemasi Amsterdamda ko‘rikdan o‘tib qaytdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda. 

«O‘zbekiston havo yo‘llari» 2016 yildan buyon GEnx-1B dvigatellari bilan jihozlangan Boeing-787 samolyotlaridan foydalanib keladi.  Parvoz xavfsizligini ta'minlash maqsadida Boeing-787 samolyotlari samolyot va uning dvigatelini ishlab chiqaruvchilar bilan uzviy hamkorlikda tekshiruvdan o‘tkaziladi. 

«2019 yilning 11 yanvar kuni navbatdagi parvozdan qaytgan Drimlayner mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra, reysdan olindi hamda 4 fevral kuni Amsterdamga olib borildi», — deydi muxbir bilan gaplashgan manba.
Ma'lum qilinishicha, samolyot dvigatellarini rejali modifikatsiya qilish uchun (Upgrade) Boeing 787 uchog‘i Niderlandiya poytaxtiga jo‘natilgandi. 

Samolyotlar bilan kuzatilayotgan shubhali hodisalarga oydinlik kiritish maqsadida Uzbekistan Airways tomonidan Boeing va General Electric kompaniyalari vakillari ishtirokida brifing tashkil etilishi aytilgandi. Ammo brifing hali tashkil etilmadi. Dreamliner'larning ishdan chiqqani borasida Uzbekistan Airways hozircha rasman izoh bermay kelmoqda.

Top