8460.92 USD +2.76

9439 EUR -62.05

131.06 RUB +1.32

10760.6 GBP -234.16

10:29 / 19.02.2019 38042

Ramzon Qodirov o‘z vakolatlarini hukumat rahbariga topshirgani sababini tushuntirdi 

Foto: RIA Novosti / Aleksey Nikolskiy

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov shamollab qolganini va 16 fevraldan yana ishga qaytganini ma'lum qildi. 

Avvalroq Qodirov 11 fevraldan o‘z vakolatlarini Checheniston hukumati rahbari Muslim Xuchiyevga vaqtinchalik topshirgani haqida xabar paydo bo‘lgandi. Tegishli farmoyish nusxasi internetda joylashtirilgan.

“Yaqinda tog‘larga nazorat safarini amalga oshirgandim. Qor va kuchli shamol sharoitida biroz shamollab qoldim. Oqibatda harorat, gripp va biroz betob bo‘ldim”, deb yozgan Qodirov Telegram’dagi kanalida. 

Qodirovning aytishicha, u Chechenistonni taqdim qilishi kerak bo‘lgan muhim safarlari rejalashtirilgan bo‘lgan. Shundan kelib chiqib, u Xuchiyevga vaqtinchalik rahbar vakolatini topshirgan, biroq 16 fevraldan o‘z vazifalarini yana to‘liq bajarishga qaytgan.

“Allohga shukrlar bo‘lsin, organizmim mustahkam, bor-yo‘g‘i ikki kun tomchilatib dori yuborishdi. Hozir hammasi joyida”, deb qo‘shimcha qilgan Qodirov.

Top