Jahon | 00:22 / 19.02.2019
53019
1 daqiqa o‘qiladi

Ramzon Qodirov o‘z o‘rniga vaqtinchalik rahbar tayinladi  

Foto: Said Tsarnayev/RIA «Novosti»

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov hukumat raisi Muslim Xuchiyevni respublika rahbari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinladi. Bu haqda Checheniston rahbari va hukumati saytida aytilgan.

Hujjatda aytilishicha, Xuchiyev zimmasiga yangi majburiyatlar Qodirovning “vaqtinchalik ishga layoqatsizligi” sababli 11 fevraldan yuklangan. 

17 fevralda hukumat saytida Qodirov Abu-Dabida valiahd shahzoda Muhammad bin Zoid Ol Nahayon taklifiga ko‘ra tashrif bilan qolayotgani haqida xabar paydo bo‘lgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid