07:40 / 25.02.2019
10171

Kolumbiyalik diplomatlar Venesuelani piyoda tark etdilar

Foto: RIA Novosti / Mixail Alayeddin

4 nafar kolumbiyalik diplomat oilalari bilan birga Venesuela hududini tark etdi. Bu haqda Kolumbiya migratsiya xizmati ma'lum qildi. 

Diplomatlar Kolumbiyaning San-Antonio, San-Kristobal, Puerto-Ayakucho va San-Karlos-del-Suliyadagi konsulliklarini boshqarishgan. Diplomatlar Venesuelani San-Antoniodagi chegara orqali politsiya hamrohligida piyoda tark etganlar.

23 fevralda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Kolumbiya bilan diplomatik va siyosiy aloqalar uzilishini e'lon qilgan va kolumbiyalik diplomatlarga mamlakatni 24 soat ichida tark etishni buyurgan. 

Shu tariqa Venesueladagi 5 mlndan ko‘proq kolumbiyalik diplomatik ko‘maksiz qolib ketdi.

Maduro aloqalar uzilishidan tashqari, “tinchlikni muhofaza qilish va odamlar xavfsizligini ta'minlash uchun” Kolumbiya bilan chegarada qo‘shinlarni joylashtirishni buyurgan.

Mavzu
Venesuelada siyosiy inqiroz
Venesuela prezident Nikolas Maduroga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari girdobida qoldi. 23 yanvar kuni, ushbu namoyishlar avjiga chiqqan vaqtda Venesuela parlamenti rahbari Xuan Guaydo o‘zini mamlakatning muvaqqat prezidenti deb e’lon qildi
Barchasi
Top