14:28 / 25.02.2019
4657

OAV: Britaniya hukumati Brexit’ni kechiktirishga qaror qildi

Foto: REUTERS/Henry Nicholls

Buyuk Britaniya hukumati Brexit’ni ikki oyga kechiktirish imkoniyatini o‘rganib chiqmoqda. Bu haqda The Daily Telegraph manbalarga tayangan holda xabar berdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bunday iltimos bilan rasmiy ravishda YeIga murojaat qilishni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, Britaniya hukumati Brexit atrofidagi vaziyatni boshi berk ko‘chadan olib chiqish uchun ikki oy yetarli bo‘ladi, deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Londonning Brexit bo‘yicha yangi takliflari oshkor bo‘lgandi.

Mavzu
Brexit jarayoni
Mey Bryusselni Brexit boshlanganligi haqida xabardor etuvchi maktubni imzoladi
Barchasi
Mavzuga oid
Top