Bukmekerlik idoralari, kelişilgan öyinlar va futboldagi korrupsiya. PFL rahbariyati bilan suhbat
|20:49 / 27.02.201918 41610 min
Özbekistonda futbolga bölgan qiziqiş yuqori bölgani sababli futbol içidagi odamlar doimo keng muhokamalarga sabab bölişgan. Futbolimizdagi özgarişlar, yangi mavsumga bölayotgan tayyorgarliklar yuzasidan savollarimizga javob oliş uçun Özbekiston Professional Futbol Ligasi boş direktori Omon Ğofurov hamda PFL direktori maslahatçisi Diyor Imomxöjayevni studiyamizga taklif qildik. Mehmonlarimiz barça savollarimizga atrofliça javob berişdi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
«Qanday jamoa bölişidan qat'i nazar avval talablarni bajarib qöysin»
PFL oxirgi vaqtlarda klublarni köp marta ogohlantirmoqda, klublarga nisbatan jazolar ham köpayib ketdi. Bundan klublar quloqsiz bölib ketganini taxmin qiliş mumkin. Buni PFL rasmiylari ham tasdiqlaşdi.
—Klublar uzoq vaqt nazoratsiz işlagani sabab çindan ham mas'uliyatsiz bölib ketişgan. Oldingi rahbariyatni qoralaş niyatimiz yöq, lekin ular vaqtida klublar litsenziyalaşdan osongina ötib ketaverişgan. Avval jamoalarning stadionlari, akademiyalari mavsumga tayyor bölmasa ham, badal pulini tölab litsenziyadan ötaverişgan. Biz endi bunga yöl qöymaymiz.
Klublar ötgan yil mavsumni boşlab olaylik, keyin şaroitlarni yaxşilaymiz deb, sözida turmadi. Biz endi ularning quruq va'dalariga işonmaymiz. U birinçi örindagi jamoa böladimi, oxirgi örindagi jamoa böladimi, Çempionlar Ligasida qatnaşadigan jamoa böladimi, bizga farqi yöq. Talablarni bajarsin va marhamat, çempionatda qatnaşsin.
Klublarning ba'zilari mavsumga boşqa davlatlarda tayyorlanmoqda. Futbolçilar bilan birga rahbariyatdagilar ham ketişgan. Axir ularga nima bor yiğinda? Klublarda hali qilinadigan iş juda köp bölgan vaqtda rahbariyat çet elda yurişi emas, klubning muammolarini hal qiliş bilan şuğullanişi kerak. Bilasizmi, hozir klublarda savodli mutaxassislar yetişmaydi. Bitta xodim ham muxlislar bilan işlaydi, ham marketing bilan şuğullanadi, ham boşqa işlarni qilib ketaveradi. Biz klublardan har kim özining işini qilişini qattiq talab qilyapmiz.
Mavzuga oid
Aslida litsenziyalaş talablari köpçilik öylaganidek murakkab emas. Klublar kelib hujjatlarni topşirişadi, biz ularni tekşirib, xatolari bölsa, körsatamiz. Şundan keyin ular kamçiliklarini tuzatib qaytadan hujjatlarini taqdim etişlari mumkin. Hammasi juda oddiy.
«2 500 dollarni bir öyinda çiqarib olişadi»
Bugun korrupsiya haqida köp gapiramiz. Jamiyatning bu illat yetib bormagan qatlami qolmagan. Şu jumladan, futbol ham bundan mustasno emas. Diyor Imomxöjayev PFLdagi korrupsiyaga boğliq bir vaziyat haqida gapirib berdi:
—Xabaringiz bor, PFL xodimi pora bilan qölga tuşdi. U Pro-Liga «B» jamoasini litsenziyadan ötkaziş uçun 2 500 dollar pora olgan. Vaholanki, u pulni olgani bilan litsenziyadan ötkazib qöysa ham mayli. Lisenziyalaş bilan PFL emas, ÖFA şuğullanadi. Qaysi ahmoq jamoa bu pullarni keyinçalik qaytarib olişiga işonmasa litsenziyadan ötiş uçun 2 500 dollar beradi? Çunki ular totalizator orqali bitta öyinda çiqarib olişadi bu pulni.
Baraka topgur, öşa 2 500 dollarni özing uçun işlat, stadioningni töğrila, akademiyaga işlat. Mana şunday işlarning oldini oliş uçun talablarni kuçaytirişimiz, jazo muqarrarligini tuşuntirişimiz kerak. Tartibsiz natijaga erişib bölmaydi.
Totalizator haqida gap oçilganidan söng Özbekistonda totalizatorning kirişi kelişilgan öyinlarga qarşi yuriş bölişi mumkinmi, degan savol bilan murajaat qilganimizda, şunday javob oldik:
—Totalizator Özbekistonda qonun bilan taqiqlangan narsa. Din jihatdan ham bu qoralanadi va şaxsan men aynan şu sabab bu öyinni öynamayman. Lekin odamlar öynaşmoqda-ku?! Bizda juda köpçilik totalizator orqali öyinlarga pul tikib, pul işlaydi yoki yöqotadi. Boşqaça qilib aytganda, bizning valuta boşqa mamlakatga çiqib ketyapti. Odamlar şundoq ham boşqa mamlakatlardagi bukmekerlik idoralari orqali totalizatorga pul tikayotgan ekan, nega biz uni özimizda oçmasligimiz kerak? Yevropadagi katta klublar ham bukmekerlik idoralaridan katta pul olişadi. Biz ham bu orqali futbolga pul olib kirişimiz mumkin.
Bundan taşqari, bukmekerlik idoralari qaysi mamlakatda faoliyat yuritişsa, u yerdagi öyinlarni tekşirişadi. Çunki klublar öyinlarni kelişib, bu orqali bukmekerlik idoralarini qimmatga tuşirişlari mumkin. Agar bizda ham bukmekerlik idorasi bölsa, bu kelişilgan öyinlarga qarşi kuraş bölişi mumkin.
«Köpi bilan uçta öyini şubhaga olingan jamoaga çora köriladi»
OFK yaqinda qit'adagi kelişilgan öyinlar borasida ma'lumot bergan va barça çempionat rasmiylariga bu borada xat bilan çiqqandi. PFL ham bu borada xat olgan va unda bir neçta öyinning kelişilgan bölişi mumkinligi şubhaga olingan. Bunday öyinlar orasida «kutilmaganda» «Qizilqum» jamoasining nomi tez-tez tilga olingan. Bu borada ham tegişli javob oldik:
—Bukmekerlik korxonalari bilan işlaydigan va kelişilgan öyinlarni aniqlovçi taşkilotlar bor. Ular radar kompaniyasi deyiladi. Öşa kompaniyalar kutilmaganda katta pullar tikilgan öyinlarni tahlil qilişadi va ularni şubhali degan röyxatga kiritişadi. OFK esa ularni barça mamlakatlarga yuboradi. «Qizilqum»ning 7ta öyini şubhali deb topilgan, kelişilgan deb emas. Kelişilgan öyinlarni aniqlaş oson iş emas. Bunga organ aralaşmasa, deyarli imkonsiz. Bu borada ham işlar olib boryapmiz. Qölimizda ikkita öyinning kelişilganini isbotlaşi mumkin bölgan faktlar bor. Agar öşalarni isbotlasak, qolgani zanjir kabi ulanib ketişiga umid qilamiz. Endi biz boşqaça yöl tutamiz. OFK bizga birorta jamoaning kamida uçta öyinini şubhali deb topib xat yuborsa, ularga çora köramiz.
«Biz Osiyoning Belgiyasi, Xorvatiyasi bölişimiz kerak»
Bugun muxlislar PFLni sport prinsiplariga rioya qilmaganlikda ayblamoqda. Mehmonlarimiz qaçon sport prinsiplari birinçi planga çiqişi haqida ham gapirişdi:
—Bizning asosiy maqsadimiz klublarni xususiylaştiriş. Lekin buning uçun nimadir qila olmaymiz, çunki biz nodavlat-notijorat taşkilotmiz. Yirik davlat korxonasiga bu jamoaga pul ajratmang, u xususiy bölişi kerak deb ayta olmaymiz-ku, töğrimi? Bizning qölimizdan keladigan yagona narsa litsenziyalaş. Biz klublarga litsenziyalaş talablarini taklif etamiz, ular esa bu talablarni bajarişadi.
Klublar şu vaqtgaça şunday işlaşgan: homiy sizga bir yilda, aytaylik, 30 milliard söm pul ajratadi. Siz uni bemalol taqsimlab taşlaysiz. Va keyingi yil uçun yana pul berişlarini kutasiz. Keçirasiz, lekin bunday işlaşni men ham, siz ham bilamiz. Biz endi ularga boşqaça talab qöyamiz. Bolalar futboliga mana bunça ajratasan, ayollar futboliga mana bunça ajratasan, akademiya uçun bunça, stadion uçun bunça ajratasan, qolganini asosiy tarkib uçun işlatasan, deymiz.
Nima keragi bor legionerlar uçun pul sarflab? Bizga keragi yöq yulduz futbolçilarni çempionatimizda öynatiş. Biz fabrika bölişimiz kerak. Osiyoning Belgiyasi, Xorvatiyasi bölişimiz kerak. Qit'aning Ispaniyasi, Italiyasi böla olmaymiz. Bizning korxonalar futbolga ajratayotgan pullar Qatar, Xitoy ajratayotgan pullar oldida pista pöçoqdek gap. Biz futbol fabrikasiga aylanişimiz kerak. Şu uçun bolalar futboliga qörqmay pul ajratsa böladi. Çunki bu kelajak uçun ajratilgan kapital. Agar barçasi bizning rejamiz asosida davom etsa, 10 yildan söng davlat korxonalari futbolga pul ajratmasa ham bölaveradi.
Bizning rejamiz şunday: litsenziyalaş talablari orqali klublarni rivojlantiriş. Lisenziyalaş uçun qöyilayotgan talablar foydali ekani haqida xohlagan odam bilan tortişişim mumkin.
Klublar özini boqişi kerak. Buning uçun akademiyadan unumli foydalaniş talab etiladi. Masalan, yaqinda «Nasaf» Odil Hamrobekovni 2,5 milliard sömga transfer qildi. Öz vaqtida Sardor Raşidov 2,1 million dollarga sotilgandi. Agar klubga öz akademiyasidan pul tuşib tursa, bu heç bölmasa içki ehtiyojlar uçun yetarli böladi.
Hozir Qaşqadaryo klublari nisbatan töğriroq yölda ketyapti deb ayta olaman. Ular öz xarajatlarini qisman qoplaş uçun bölsa ham harakat qilişmoqda. Ular oddiy paypoq işlab çiqaradigan, töylarga har xil narsalar tayyorlab beradigan korxonalar taşkil qilişgan. Xullas, nimadir qilişmoqda. Qolgan jamoalarda esa nima bor? Qaysi jamoaning stadioni bor? Bormi öz stadioniga ega jamoa? Taqqoslaydigan bölsa, bizga davlatdan pul olib işlaydigan saytlar emas, özini boqadigan Kun.uz yoki Daryo.uz kabi saytlar kerak.
«Endi ikkita jamoa Superligadan tuşib ketadi»
Ötgan mavsumda Superligaga Pro-Ligadan bitta jamoa çiqdi. Yana ikkita yöllanma uçun Pro-Liganing ikkinçi va uçinçi jamoalari Superligada 10 va 11-örinlarni olgan klublar bilan öynaşdi. Superliga jamoalari quyi liga klublarini heç qanday qiyinçiliksiz mağlub etib, ligadagi örinlarini saqlab qolişdi. Ma'lum bölişiça, PFL keyingi mavsumdan Superligani ikkita jamoa tark etadi:
—Biz bu mavsumdan Superligani ikkita jamoa tark etişini belgilab qöydik. Öz navbatida, Pro-Ligadan ikkita jamoa töğridan-töğri Superligaga çiqadi. Pro-Liganing tepadan uçinçisi hamda Superliganing oxiridan uçinçi jamoalari Superligada öynaş uçun saralaşda qatnaşadi. Bu bahs taqdiri bitta öyinda hal böladi va uçraşuv Pro-Liga jamoasi stadionida ötkaziladi. Bundan taşqari, Superliga hamda Pro-Liga jamoalariga qöyiladigan talablarni deyarli bir xil qilib qöydik. Superligada legionerlar limiti 4+1 edimi? Marhamat, endi Pro-Ligada ham şunday. Bitta ligada 45 daqiqa 1997 yil va undan kiçik yoşdagilar öynaşi majburiy edimi? Endi ikkita ligada ham şunday. Maqsadimiz ligalar örtasidagi farqni kamaytiriş.