22:26 / 08.03.2019
5369

Malavida toshqinlar 23 kishining umrini olib ketdi

Foto: AFP

Afrika qit'asida joylashgan Malavi Respublikasida toshqinlar kamida 23 kishining umrini olib ketdi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi. 

Mamlakat janubida bir necha kun avval boshlangan kuchli yomg‘irlar toshqinlarni yuzaga keltirgan. Ma'lum qilinishicha, yana 29 kishi jarohat olgan, 11 kishi bedarak yo‘qolgan. Tabiiy ofat oqibatida 22 mingdan ko‘proq uyga talofat yetgan.

Ta'kidlanishicha, toshqinlar bilan qamrab olingan hududlarda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top