7 iyul, duşanba kuni ertalab AQŞning Texas ştatida toşqin oqibatida halok bölgan 78 kişining jasadi topildi. Tabiiy ofatdan eng köp jabr körgan Kerr okrugi şerifi Larri Leytning sözlariga köra, 6 iyulgaça birgina şu mintaqada 68 qurbon, jumladan, 28 bola qayd etilgan.

Texas gubernatori Greg Abbotning aytişiça, 41 kişi bedarak yöqolgan. Rasmiylar, şuningdek, Guadalupe daryosi yaqinida joylaşgan Camp Mystic yozgi lageridagi 10 qiz va bir yoşi katta insonni qidirişni davom ettirmoqda. Tabiiy ofat paytida lagerda 750 ga yaqin odam bölgan. Ularning aksariyati muvaffaqiyatli evakuatsiya qilindi. 6 iyul kuni yuzlab qutqaruvçilar itlar va 17 ta vertolyot yordamida bedarak yöqolganlarni qidirişni davom ettirdi.

AQŞ prezidenti Donald Tramp 6 iyul kuni jurnalistlar bilan suhbatda Texasda yuz bergan suv toşqinini heç kim kutmagan «asr falokati» deb atadi. U fojia kölamida özidan oldingi davlat rahbari Jo Bayden ma’muriyatini aybladi. Trampning sözlariga köra, u ofatlar oqibatlariga qarşi kuraşda yomon iş qilgan. Nega mintaqadagi dam oluvçilar suv toşqini xavfi haqida öz vaqtida ogohlantirilmagan va oldindan evakuatsiya qilinmagan, degan savolga Tramp: «Bu bizning taşkilotimiz emas edi», deb javob berdi.

AQŞ Mustaqillik kuni suv toşqinlari kuçli yoğingarçilik tufayli yuzaga kelgan, yoğingarçilik har kvadrat metrga 300 litrni taşkil etgan, bu Kerr okrugidagi örtaça yillik yoğingarçilikning uçdan bir qismidir.