11:25 / 09.03.2019
13715
So‘nggi 10 yillikda transferlardan eng ko‘p pul ishlab olgan klublar ma'lum bo‘ldi
Foto: Getty Images/Carlos Rodrigues

Soccernews nashri oxirgi 10 yil ichida transferlardan eng ko‘p daromad olgan 5ta klub reytingini tuzib chiqdi.

5. «Lill», Fransiya
Sarflangan mablag‘: 194 mln yevro
Olingan mablag‘: 364 mln yevro
Foyda: 170 mln yevro

2010/11 mavsumida «Lill» Fransiya chempioni bo‘lishga erishdi. Keyingi bir necha yil ichida jamoaning o‘zagi to‘lig‘icha sotilib ketdi. Eng katta transferlar - Eden Azar (35 mln yevro) va Jyervino (20 mln yevro) bo‘ldi.

4. «Udineze», Italiya
Sarflangan mablag‘: 259 mln yevro
Olingan mablag‘: 438 mln yevro
Foyda: 178 mln yevro

10 yil oldin «Udineze» Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurashadigan jamoa edi. Uning tarkibida Aleksis Sanches, Kvadvo Asamoa, Xuan Kuadrado, Go‘kxon Inler, Salli Muntari, Kristian Sapata, Maurisio Isla, Mahdiy Benatia va Allan kabi ko‘plab futbolchilar to‘p tepdi. Keyinchalik ularning transferi klubga katta daromad keltirdi.

3. «Monako», Fransiya
Sarflangan mablag‘: 638 mln yevro
Olingan mablag‘: 885 mln yevro
Foyda: 201 mln yevro

«Monako» so‘nggi 10 yillikda transferlardan eng ko‘p tushumga ega bo‘lgan klubdir – 885 million yevro. Uning eng katta transferlari ro‘yxatiga nazar solsak, buning sababi aniq bo‘ladi: Mbappe – 135 mln yevro, Lemar – 70 mln yevro, Mendi – 58 mln yevro, Bernardu Silva – 50 mln yevro, Fabino – 45 mln yevro. 

2. «Portu», Portugaliya
Sarflangan mablag‘: 384 mln yevro
Olingan mablag‘: 748 mln yevro
Foyda: 363 mln yevro

«Portu» har doim iqtidorlar transferidan katta daromad oladigan klub sanalgan. Klub 20 million yevrodan ortiq qiymatga ega bo‘lgan futbolchilarni olmaydi. Ammo o‘z futbolchilarini kamida 40 million yevroga sotadi. 2012/13 mavsumida Halkning «Zenit»ga aynan shu qiymatdagi transferini eslash kifoya.

1. «Benfika», Portugaliya
Sarflangan mablag‘: 370 mln yevro
Olingan mablag‘: 795 mln yevro
Foyda: 325 mln yevro

«Benfika» ham iqtidorlarni kashf qilishda «Portu»dan qolishmaydi. Klub asosan serbiyalik, belgiyalik, ispaniyalik yoshlarga e'tibor qaratadi. Eng esda qolarli transferlari sifatida Matich, Ramires, Ederson va David Luizni eslash kifoya.

Top