O‘zbekiston | 13:33 / 18.03.2019
11195
5 daqiqa o‘qiladi

«Davsuvxo‘jaliknazorat»ning asosiy vazifalari belgilandi

Foto: RIA Novosti

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasidagi mukammalligi 1, II va III klass, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda yuqori darajada xavf soluvchi III klassdan past bo‘lgan suv xo‘jaligi obektlari - gidrotexnika inshootlari xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

“Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga bo‘ysunadi va hisobot beradi.

“Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi tizimiga “Gidrotexnika inshootlarini diagnostikasi markazi” davlat unitar korxonasi hamda davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil ravishda davlat nazoratini olib boradigan hududiy inspektorlar kiradi.

Quyidagilar yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish “Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obektlari texnik holatining ishonchliligi hamda ularning bexatar ishlashini ta'minlash;

katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obektlari loyihalashtirilishi, qurilishi, foydalanishga qabul qilinishi, ishlatilishi, rekonstruksiya qilinishi, ta'mirlanishi, konservatsiyalanishi va tugatilishi, shu jumladan loyihalar ekspertizasi tashkil etilishi, qurish, rekonstruksiya qilish, foydalanishga qabul qilish, konservatsiyalash va tugatish sifati;

katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obektlarining ishonchli qo‘riqlanishini tashkil etish.

“Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi;

a) katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obektlari texnik holatining ishonchliligi hamda ularning bexatar ishlashini ta'minlash sohasida:

shli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda gidrotexnika inshootlarining texnik holati hamda bexatar ishlashi bilan bog‘liq hodisalarning oldini olishga doir takliflarni ishlab chiqadi;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda gidrotexnika inshootlarining texnik holati ishonchliligini hamda bexatar ishlashini ekspertizadan o‘tkazadi;

gidrotexnika inshootlarining holatini va ularning xavfsizlik deklaratsiyalariga muvofiqligini tekshirishni tashkil etadi;

gidrotexnika inshootlarining texnik holatini kuzatishni, naturada kuzatishni va diagnostikasini amalga oshiradi;

vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlatlararo va chegaraviy suv xo‘jaligi obektlaridan foydalanish masalalarini chegaradosh davlatlar bilan tartibga solishda qatnashadi;

gidrotexnika inshootlarining texnik jihatdan ishonchliligi va xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lgan idoralararo va davlatlararo komissiyalar ishlarida ishtirok etadi;

gidrotexnika inshootlari xavfsizligini ta'minlash masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;

b) katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obektlari loyihalashtirilishi, qurilishi, foydalanishga qabul qilinishi, ishlatilishi, rekonstruksiya qilinishi, ta'mirlanishi, konservatsiyalanishi va tugatilishi, shu jumladan loyihalar ekspertizasi tashkil etilishi, qurish, rekonstruksiya qilish, foydalanishga qabul qilish, konservatsiyalash va tugatish sifati yuzasidan:

gidrotexnika inshootlarini joylashtirishda, ularni loyihalash uchun topshiriqlarni kelishishda, qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishishda, qurish sifatini nazorat qilishda, foydalanishga qabul qilishda, shuningdek. foydalanish qoidalarini kelishishda qatnashadi;

gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik deklaratsiyalarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

gidrotexnika inshootlari kadastrini yuritadi;

gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik qoidalari va mezonlari ishlab chiqilishini tashkil etadi;

gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasida nopmativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;

v) katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obektlarining ishonchli qo‘riqlanishini tashkil etish sohasida:

xo‘jalik faoliyatini yoki boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun gidrotexnika inshootlari hududlaridan, daryolar o‘zanlari va ularga tutash to‘g‘onning quyi va yuqori hududlaridan (suv muhofazasi zonalarida yer uchastkalari berish bundan mustasno) foydalanishni kelishadi;

vakolatli organlarga suv muhofazasi zonalarini, suv omborlari, daryolar, kanallar va kollektorlarning sohil bo‘yi mintaqalarini belgilash ishlarini tashkil etishda ko‘maklashadi, ushbu zonalar va chiziqlarga qo‘yiladigan talablarning bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

“Davsuvxo‘jaliknazorat” davlat inspeksiyasi qonunchilikka asosan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.

Mavzuga oid