08:36 / 19.03.2019
8240
Tramp o‘z ish haqining to‘rtdan bir qismini AQSh IXVga berdi
Foto: AP/Alex Brandon

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z maoshining to‘rtdan bir qismini mamlakat Ichki xavfsizlik vazirligiga o‘tkazib yubordi. U bu haqda tvitterdagi sahifasida xabar bergan.

«Men prezidentning 400 ming dollar miqdoridagi yillik ish haqini turli idoralarga o‘tkazib yubormoqdaman», - deya yozgan Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u AQSh IXVga 100 000 dollar taqdim etgan.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Amerika ommaviy axborot vositalari bu haqda yozishni «yoqtirmaydi».

Tramp o‘z postiga pul mablag‘lari o‘tkazilganidan dalolat beruvchi chek suratini qo‘shib qo‘ygan.

Bundan oldin, Tramp birinchi marta kongress qaroriga veto qo‘ygandi.

Top