AQŞ prezidenti Donald Tramp Meksika bilan çegarada devor quriş uçun özi tomonidan joriy etilgan favqulodda holatni yakunlaş töğrisidagi kongress rezolyutsiyasiga veto qöydi.
Tramp birinçi marta özining veto huquqidan foydalangan.
Vetoni çetlab ötiş uçun prezident raqiblariga vakillar palatasi va senat a'zolarining uçdan ikki qismi ovozi kerak. The Hill va Reuters’ning yozişiça, ular bunçalik köp ovozlarni töplaşi ehtimoldan ança yiroq.
Donald Tramp devor qurilişi uçun budjetdan beş milliard dollar ajratiş töğrisidagi qarorga erişa olmaganidan söng favqulodda holat joriy etdi. Budjetning bunday variantini tasdiqlaşdan boş tortgan demokratlar bilan uning bahsi AQŞ tarixida hukumatni moliyalaştiriş böyiça eng katta uzilişga olib keldi.
Meksika bilan çegarada devor quriş - Donald Trampning saylovoldi kampaniyasidagi eng maşhur va'dalaridan biri.

















