10:10 / 23.03.2019
37761

Yevropa mintaqasidagi eng yirik masjid o‘zbek me'morlari loyihasi asosida qurilmoqda

Foto: VKontakte

2019 yilning mayida Chechenistonda Yevropa mintaqasidagi eng yirik masjid ochiladi.

Shali shahridagi ushbu masjid bir paytning o‘zida 20 ming kishi namoz o‘qishiga mo‘ljallangan.

Ayni paytda masjidda ichki va tashqi bezatish hamda atrofida obodonlashtirish ishlari ketmoqda. Bu ishlarga 300 nafar mutaxassis jalb etilgan.

Masjid Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq usullarida bezatilib, qurilish ishlarida Gretsiyadan keltirilgan oq marmar ishlatiladi. Yoritish tizimi bilan esa italiyalik mutaxassislar shug‘ullanishadi.

Foto: «Azon.uz»

«Grozniy» teleradiokompaniyasi xabariga ko‘ra, qurilish ishlari 2012 yilning dekabr oyida boshlangan ushbu masjid o‘zbek me'morlari loyihasi asosida barpo etilmoqda.

Top