00:42 / 05.04.2019
43246
Alisher Usmonov qiziqayotgan klub milliard yevroga baholandi

Moskvaning «Spartak» klubining narxi kamida milliard yevroga teng.

«Qizil-oqlar» direktorlar kengashining a'zosi Andrey Fedun so‘zlariga ko‘ra, klubni sotib olish istagida bo‘lganlar 1,1 – 1,2 milliard yevro to‘lashiga to‘g‘ri keladi. 

«Spartak»ning infratuzilmasi, futbolchilari, murabbiylari, xodimlari, ularning maoshi va brend huquqini hisobga oladigan bo‘lsak, narx 1,1 – 1,2 milliard yevroga boradi. Biroq, har qanday biznesda savdolashish imkoniyati bor. Biz xohlayotgan narx bilan asl sotish narxi orasida katta farq bo‘lishi mumkin», — dedi Fedun.

Eslatib o‘tamiz, «Spartak» klubiga 2003 yildan beri tadbirkor Leonid Fedun xo‘jayinlik qilmoqda. 16 yil ichida jamoa 1 marta Rossiya chempioni bo‘lgan va 5 marta kumush medallarni qo‘lga kiritgan.

Avvalroq, rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov «Spartak» klubini sotib olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Top