8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

20:09 / 09.04.2019 8128

Vazirlik OTM veb-saytlarini tanqid qildi

9 aprel kuni O‘zbekiston milliy matbuot markazida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tizimga zamonaviy AKTni joriy etishning dolzarb masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida vazirlikning o‘quv jarayoniga AKTni joriy etish boshqarmasi boshlig‘i Alisher Abdullayev OTMlari veb-saytlari inventarizatsiya qilinib, tanqidiy baho berilgani haqida aytib o‘tdi.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

«Vazirlik tomonidan OTM jozibadorligini oshirish va imijini shaklantirish uchun, avvalo, ularning veb-saytlari tahlil etildi. O‘rganish natijalari OTMlari veb-saytlari mazmunini takomillashtirish, foydalanuvchilar uchun zarur ma'lumotlar bilan ta'minlab borish, xususan, xorijiy tillarda ham kontentni boyitish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Shu bois hozirda OTMlar xalqaro universitetlar veb-sayti reytingida o‘z o‘rnini yaxshilash maqsadida OTMlar veb-sayti Webometrics reytingi talablari asosida qayta ishlab chiqilib, zarur ma'lumotlar bilan boyitilmoqda», —  dedi Alisher Abdullayev.

Top