09:26 / 11.04.2019
4850

Reuters: YeI yetakchilari Brexit’ni ko‘chirishga kelishib oldi

Foto: REUTERS

Yevroittifoq davlatlari yetakchilari Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqib ketishi sanasini kechiktirishga kelishib oldilar. Bu haqda Reuters manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, YeI yetakchilari Brexit’ni 31 oktyabrgacha kechiktirish haqida bir qarorga kelgan.

Ta'kidlanishicha, hozirgi vaqtda Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Brexit shartlari bo‘yicha muxolifat bilan kelishuvga erisha olmay turibdi.

Bundan oldin, Spiegel Meyning Merkel va Makronga safarini «tilanchilik» deb atagandi.

Mavzu
Brexit jarayoni
Mey Bryusselni Brexit boshlanganligi haqida xabardor etuvchi maktubni imzoladi
Barchasi
Top