Jahon | 16:00 / 10.04.2019
7491
2 daqiqa o‘qiladi

Spiegel Meyning Merkel va Makronga safarini «tilanchilik» deb atadi

Foto: AP PHOTO / GEERT VANDEN WIJNGAERT

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey yana Yevropa bo‘ylab sayohat qilmoqda: bu hafta u Berlin, Parij va Bryusselga boradi, deb yozadi Spiegel.

Nemis nashri Tereza Meyning safarini «tilanchilik» deb atagan va ichki inqiroz Yevropa yetakchilari oldida Britaniya bosh vaziri pozitsiyasini zaiflashtirayotganini qo‘shimcha qilgan. Shu bilan birga, u Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Emmanuel Makrondan yordam kutmoqda.

Britaniya hukumati rahbari navbatdagi marotaba Brexit’ning (Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqishi) o‘z varianti uchun kurashishga urinmoqda. 10 aprelda YeI Meyga kechiktirish taqdim etilishi masalasini hal qilishi lozim. Bunga qadar bosh vazir 30 iyunga Brexit’ni ko‘chirish bo‘yicha parlamentariylar bilan kelishib oldi. Shu bilan birga, Buyuk Britaniya hukumati muxolifat bilan qo‘shma yechimni qidirishda jiddiy o‘zgarishlarga erisha olmayapti, deyiladi materialda.

Mey Brexit YeI bilan kelishuvsiz yuz bermasligiga erishishga harakat qilyapti, voqealar bunday variantining sanasi 12 aprelga belgilangan. Gazetaning ta'kidlashicha, ushbu ssenariy mamlakat uchun iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. 

Bundan oldin, Brexit 30 iyunga ko‘chirilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid