00:39 / 18.04.2019
6756
Xitoyda noma'lum erkak hayvonot bog‘idagi jirafaga pul yedirmoqchi bo‘ldi

Xitoyning Kunmin shahrida noma'lum erkak hayvonot bog‘iga kelib, u yerdagi jirafaga pul yedirmoqchi bo‘ldi. South China Morning Post nashri ma'lumotlariga ko‘ra, u jirafa saqlangan volerga 10 ming yuan pul uloqtirgan.

Natijada hayvonot bog‘i xodimlari sochilgan pullarni yig‘ishtirib olish uchun jirafani ozuqa bilan chalg‘itib turishlariga to‘g‘ri kelgan.

Ushbu qilmishni sodir etgan erkakni ushlashning iloji bo‘lmagan. Voler yonida turgan odamlar hech narsa ko‘rishmaganini aytishgan. “Sirli” erkakni izlashga politsiya jalb qilingan. 

Top