22:47 / 19.04.2019
11584
Yomg‘ir ostida o‘tib, dramatik tarzda yakunlangan «Qizilqum» - «Qo‘qon-1912» o‘yinidan fotogalereya

Superliga 5-turidan o‘rin olgan «Qizilqum» - «Qo‘qon-1912» o‘yini 1:0 hisobida qo‘qonliklar foydasiga hal bo‘ldi. Murod Xolmuhammedovning 90+1-daqiqada urgan goli «Qo‘qon-1912»ga mavsumdagi ilk g‘alabani taqdim etdi. Yomg‘ir ostida o‘tgan uchrashuv muxlislarni biroz zeriktirgani rost, lekin o‘yin oxirida ko‘p voqealar bo‘lib ketdi. O‘yindan keyin ham...

Murod Xolmuhammedovning golidan so‘ng navoiyliklar hujumga zo‘r berishdi va Elguja Grigalashvili jarima maydonchasi ichida yiqilib tushdi. Temur To‘xtasinov esa penalti bo‘lmaganini qayd etib, mahalliy muxlislarning «iliq so‘zlari» bilan «siylandi». Golgacha ham «Qizilqum» futbolchisi Mirjalol Qosimov yiqilib tushib, shubhali vaziyat sodir bo‘ldi. To‘xtasinov u vaziyatda ham penalti bo‘lmagan deb hisobladi.

O‘yindan so‘ng «Qizilqum» hakam ustida PFLga rasman arz qilgani ma'lum bo‘ldi. Tribuna.uz muxbiri o‘yinni stadiondan kuzatdi va voqealarni kadrga muhrladi. Quyida «Qizilqum» - «Qo‘qon-1912» o‘yinidan tayyorlangan fotogalereyani e'tiboringizga havola qilamiz.

«Qizilqum»ni qo‘llash uchun Buxorodan kelgan muxlislar

Top