13:30 / 24.04.2019
35122

Foto: Nukusda yuk mashinasi kanalizatsiya quvuriga tushib ketdi

Facebook'da Nukus shahrining «Do‘stlik» kanali yoqasidagi yo‘lda «ISUZU» rusumli yuk mashinasi chuqurlikka tushib ketgani tasvirlangan suratlar tarqaldi.
 
Kruz.uz manbasi xabariga ko‘ra, 23 aprel kuni Ye.A boshqaruvidagi un solingan qoplar ortilgan yuk mashinasi kanalizatsiya quvuriga tushib ketgan. FVB va YoXB xodimlari voqea joyiga yetib borib, avtomashinani chuqurlikdan chiqarib olishgan va haydovchiga amaliy yordam ko‘rsatishgan. 

Mazkur hodisaga kanalizatsiya tizimidagi nosozliklar sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Top