21:08 / 26.04.2019
20604

Aholisi eng baxtli va eng baxsiz davlatlar reytingi e'lon qilindi 

Foto: RIA Novosti

Gallup kompaniyasi aholisi eng baxtli va eng baxsiz davlatlar reytingini e'lon qildi. 

Bu boradagi so‘rovnoma 143 ta davlatda olib borilgan, unda 150 mingdan ko‘proq odam ishtirok etgan. Respondentlar ularga boshqa odamlar qanchalik hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari, o‘zlarini dam olgan deb hisoblashlari, qanchalik ko‘p kulishlari va quvonishlari borasidagi his-tuyg‘ularini baholashgan. Sotsiologlarni salbiy kechinmalar ham qiziqtirgan. 

Lotin Amerikasi davlatlari ijobiy kechinmalar bo‘yicha yetakchilar, ya'ni eng baxtli davlatlar deb tan olingan: 1-o‘rinni Paragvay, 2-o‘rinni Panama, 3-o‘rinni Gvatemala, 4-o‘rinni Meksika va 5-o‘rinni Salvador egallagan.

Yetakchi o‘ntalikka, shuningdek, Indoneziya, Gonduras, Ekvador, Kosta-Rika va Kolumbiya kirgan. Bu borada eng yomon ko‘rsatkichlarni Belarus va Afg‘oniston ko‘rsatgan.

Salbiy kechinmalar bo‘yicha, ya'ni aholisi eng baxsiz davlatlar borasida Chad va Niger yetakchilik qilmoqda. Umuman olganda, bu borada eng ko‘p davlatlar Afrika va Yaqin Sharq mintaqasiga tegishli.

Mavzuga oid
Top