Amerikaning Gallup jamoatçilik fikri instituti ötkazgan sönggi tadqiqotiga köra, Tojikiston dunyoning eng xavfsiz davlatlari reytingida birinçi örinni egalladi.
2022 yilda 141 mamlakatda ötkazilgan tadqiqotda jinoyatçilik darajasi va mahalliy huquq-tartibot idoralariga işonçni aniqlaş maqsadida 146 mingdan ortiq kişi (har bir mamlakatda kamida bir ming kişi) orasida sörov ötkazilgan.
Tojikiston 96 ball töplab, «Qonun va tartib» reytingida Finlandiya va Islandiya kabi davlatlardan özib ketgan. Qayd etilişiça, sörovda qatnaşgan tojikistonliklarning aksariyati mahalliy politsiyaga işonç bildirgan va tungi sayrlarda heç qanday xavf-xatar sezmasligini aytgan.
Özbekiston 90 ball töplab, Daniya, Indoneziya, Kosovo, Sloveniya kabi mamlakatlar bilan törtinçi poğonani egallagan.

Gallup sörovda qatnaşgan fuqarolarni qanday tanlab olgani va ularga qanday savollar bergani ma’lum emas.
Reytingning sönggi poğonalarini Afrika qit’asidagi Siyerra Leone (57 ball), Gambiya (56) va Liberiya (49) egallagan.











