Jahon | 08:36 / 01.05.2023
5142
2 daqiqa o‘qiladi

Paragvayda hukmron partiya nomzodi prezident etib saylandi

Paragvayning amaldagi prezidenti Mario Abdo Benites "Kolorado" konservativ partiyasidan nomzod Santyago Penyani prezidentlik saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi.

Santyago Penya (markazda) / Foto: Reuters

Jahon agentliklarining 1 may, dushanba kuni ertalabki ma’lumotlariga ko‘ra, Paragvayda hukmron konservativ "Kolorado" partiyasidan nomzod, 44 yoshli iqtisodchi Santyago Penya prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi.

Saylov byulletenlarining 96 foizini sanab chiqishning dastlabki rasmiy natijalariga ko‘ra, Penyani ovoz bergan saylovchilar 42,8 foizi qo‘llab-quvvatlagan. Uning markaziy so‘l lagerdagi raqibi Efrain Alegreni - 27,5 foiz.

Amaldagi davlat rahbari Mario Abdo Benites allaqachon Penyani tabriklab, uni “saylangan prezident” deb atadi. Prezident Paragvayning siyosiy tizimida markaziy rol o‘ynaydi, ayni paytda hukumat boshlig‘i hisoblanadi.

"Kolorado" konservativ partiyasi 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berishda Janubiy Amerika mamlakati parlamentiga va departamentlar gubernatorlariga saylovlarda ham juda kuchli natijalarga erishdi.

Paragvay Tayvan bilan rasmiy diplomatik aloqalarni davom ettirayotgan 13 davlatdan biridir. Tayvan birinchilardan bo‘lib Penyani saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Santyago Penya 15 avgust kuni Paragvay prezidenti lavozimiga kirishishi kutilmoqda.

Mavzuga oid