8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

22:07 / 04.05.2019 4540

Isroil G‘azo sektoriga aviazarbalar berishni kuchaytirishini ma'lum qildi

Foto: REUTERS / Amir Cohen

Isroil falastinlik jangarilarning raketa zarbalariga javoban ularning G‘azo sektoridagi obektlariga aviazarbalar berishni kuchaytiradi, deb ma'lum qildi Isroil armiyasi matbuot xizmati vakili Yonatan Konrikus.

Uning ma'lumot berishicha, anklav hududidan uchirilgan 150ta raketaga javoban harbiylar 30ga yaqin nishonga hujum qilishgan.

Ma'lum qilinishicha. Navbatdagi zarbalar anklavdagi eng yirik ikki guruh – XAMAS boshqaruvchi harakati va uning ittifoqchisi bo‘lgan "Islom jihodi" guruhlariga qarshi beriladi

"XAMAS G‘azo sektorini boshqaradi va shu bois javobgarlik uning zimmasida, ammo biz uning "Islom jihodi"ga nisbatan hech qanday chora ko‘rmayotganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz", - degan Konrikus.

Top