8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

07:40 / 12.05.2019 14159

Yaponiyaning davlat qarzi 10 trln dollardan oshib ketdi

Foto: Global Look Press/Rodrigo Reyes Marin

Yaponiyaning davlat qarzi 2018 moliyaviy yil (2019 yil 31 mart kuni tugagan) holatiga ko‘ra 1103,4 trln iyenni (10 trln dollardan ko‘proq) tashkil etdi. Bu haqda Yaponiya moliya vazirligining xabarida aytilgan.

Yaponiya davlat qarzi mamlakatning butun tarixidagi eng yuqori qiymatga yetgan. Bu qiymat bir yil ichida 141 mlrd dollarga ko‘paygan. 

Yaponiyaning davlat qarzi mamlakat yalpi ichki mahsulotidan 2 martadan ko‘proqni tashkil qiladi. Bu “Katta yettilik” guruhiga kiruvchi davlatlar (Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSh va Fransiya) orasida eng yomon ko‘rsatkichdir.

Davlat qarzi ko‘payishiga asosiy sabab aholining keksayishi bilan bog‘liq ijtimoiy ehtiyojlarga budjet ajratmalari oshishi hisoblanadi. Ayni vaqtda Yaponiyada 65 yoshdan katta kishilar aholining 28 foizini tashkil qiladi. 

Top