8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

08:31 / 18.05.2019 29729

Irrigatsiya instituti talabasining 3-qavatdan yiqilgani haqidagi xabarlar bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabasining uchinchi qavatdan yiqilib tushganligi haqida xabarlar tarqaldi. 

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, videoda tasvirlangan voqea bundan ikki yil avval, ya'ni 2017 yilning aprel oyi so‘ngida institutning Gidrotexnika qurilishi fakulteti o‘quv binosi va Toshkent “International House” akademik litseyi binosi o‘rtasidagi hududda sodir bo‘lgan. 

Mazkur fakultetning o‘sha vaqtdagi 4-kurs talabasi Yo.A. litsey hovlisida o‘zaro gaplashib turgan tanishlari yoniga tezroq yetib borish maqsadida katta tanaffus ekanidan foydalangan holda do‘stlari yordamida uchinchi qavatdan tushmoqchi bo‘lib ehtiyotsizlik qiladi. Va natijada yiqilib tushadi, Yo.A.ga hech qanday jiddiy tan jarohati yetmaydi. 

Mazkur voqea o‘sha vaqtda Gidrotexnika qurilishi fakulteti talablari bilan muhokama qilinadi, talabaning ota-onasi bilan ham tushuntirish ishlari olib boriladi.  

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmati OAV vakillarini sohaga oid xabarlarni yoritishda hamkorlik qilish, fakt va dalillarni aniqlashtirib olishga chaqirgan. O‘zaro hamkorlik orqali jamoatchilikka nafaqat tezkor, balki haqqoniy ma'lumotlarni yetkazish mumkin, deyiladi xabarda.

Top