Bugun mamlakatimiz barça hududlaridagi umumta'lim maktablarida sönggi qönğiroq tadbirlari özgaça şukuhda boşlandi. Boisi, respublikamiz böyiça 438 ming nafarga yaqin öquvçi-yoşlarimiz bugun yetuklik şahodatnomasini qölga kiritişmoqda.

Kuni keça Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2021 yil 24 maydagi 02-1771-sonli topşiriğiga binoan joriy yil 25 may kuni mamalakatimizdagi barça maktablarida «Söngi qönğiroq» tadbirlarini yuqori saviyada taşkil etiş va ötkaziş, bitiruvçilarga «Oq yöl» tilaş tadbirlarini yuqori darajada taşkil etiş belgilab berildi.

Maktab bitiruvçilarining ana şunday quvonçli onlariga şerik böliş, ularnig qalblariga yanada quvonç ulaşiş maqsadida, bugun Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti (TIQXMMI) rahbariyati jamoasi ham rektor Öktam Umurzakov boşçiligida poytaxtimizning Mirzo Uluğbek tumanida joylaşgan, institutga biriktirilgan 64, 50, 18 hamda gumanitar yönalişdagi maktablarda ötkazilgan tadbirlarda iştirok etişdi.

Institut va maktab örtasida yölga qöyilgan hamkorlik doirasida mazkur ta'lim muassasasi bitiruvçilarini hayotlarining yangi, yanada mas'uliyatli bosqiçiga qadam qöyayotgani va «Söngi qönğiroq» bilan muborakbod etişib Muhtaram Prezidentimizning mamlakatimiz bitiruvçilariga yöllangan tabrigini öqib eşittirişdi.

Ularga kelgusi hayotlarida oldilariga qöygan maqsadlariga erişişi, oliy öquv yurtiga kiradimi, biror kasb egasi böladimi, yurtimiz taraqqiyoti, uning rivoji, ertangi kuni uçun kerakli insonlar bölib yetişişlarida omadlar tilaşdi. Suv xöjaligi va muhandislik yönalişlari böyiça kelgusida öqişni davom ettirmoqçi bölgan öğil-qizlarni Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutiga öqişga taklif etişdi.















