Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi axborotida aytilişiça, har bir oliy ta'lim muassasasida hududiy Soğliqni saqlaş birlaşmalari, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati vakillari jalb qilingan holda tezkor ştab taşkil etiladi.
Auditoriya va xonalar öquv jarayoniga Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati hududiy bölinmalari bilan birgalikda tayyorlanadi.
Kurslar kesimida öquv jarayonini taşkil etiş sxemasi işlab çiqilib, tabaqalaştirilgan vaqt soatlari asosida dars jadvallari tuziladi.
Barça OTMlarda 16 noyabrdan boşlab an'anaviy ta'limga qaytiladi
Talabalar turar joylari faoliyati sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat'iy javob beradigan normalarda taşkil etilib, jihozlangan holatda talabalarning yaşaşlariga bosqiçma-bosqiç ruxsat beriladi.
Oliy ta'lim muassasalari va talabalar turar joylarida tibbiyot punktlari taşkil etiladi, talabalar salomatligi nazoratini ta'minlaş maqsadida har bir oliy ta'lim muassasasiga tibbiyot muassasalari biriktiriladi.












