8535.74 USD +17.06

9566 EUR -86.52

132.57 RUB +1.24

10746.5 GBP -101.19

23:20 / 18.05.2019 2382

RPL. TsSKA va «Spartak»da g‘alaba, Denisov «Krilya Sovetov» bilan quyi ligaga tushib ketishi mumkin

Rossiya chempionatida 29-tur o‘yinlari boshlandi.

«Orenburg» safarda «Ufa»ni 2:0 hisobida yengdi. Vadim Afonin mehmonlar tarkibida so‘nggi daqiqalarda maydonga tushdi.

TsSKA o‘z uyida «Axmat»ni yagona gol evaziga mag‘lub etdi. 

«Spartak» safarda «Krilya Sovetov»dan 2:1 hisobida ustun keldi. Vitaliy Denisov mezbonlarning asosiy tarkibida tushdi, ammo 82-daqiqada jarohat olib, maydonni erta tark etdi.

Bu natijalardan so‘ng, «Spartak» 49 ochko bilan 4-o‘rinda, TsSKA 48 ochko bilan 5-o‘rinda, «Orenburg» 40 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.

«Krilya Sovetov» 28 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa so‘nggi turda vaziyatni o‘nglamasa, quyi liga vakili bilan o‘tish turnirida ishtirok etadi.

RPL, 29-tur
18 may

Ufa – Orenburg 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 15 Rikardu Alvesh, 0:2 – 87 Mishkich. 
Ufa – Belenov, Nedelcharu, Nikitin, Alikin, Jivoglyadov, Till, Karp (Salatich, 46), Yokich, Sisuyev (Aliyev, 37), Vombergar (Bizyak, 66), Igboun.
Orenburg – Frolov, Malyx, Shaxov, Sivakov, Kozlov, Terexov, Mishkich, Popovich, Rikardu Alvesh, Despotovich, Sutormin (AFONIN, 90).
Ogohlantirishlar: Salatich (73), Alikin (83).

TsSKA – Axmat 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 64, penalti Chalov. 
TsSKA – Akinfeyev, Vasin (Nababkin, 46), Fernandes, Magnusson, Rodrigo Bekao, Diveyev, Vlashich (Nisimura, 62), Axmetov, Sigurdsson (Bistrovich, 78), Oblyakov, Chalov.
Axmat – Gorodov, Utsiyev, Pliyev (Balay, 81), Semenov, Nijich, Moxammadi, Ivanov, Shvets, Berisha (Roshi, 74), Ismael, Mbeng.
Ogohlantirishlar: Vasin (6), Diveyev (11), Pliyev (39), Shvets (48), Magnusson (50), Sigurdsson (67), Nijich (74), Utsiyev (90).

Krilya Sovetov – Spartak 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 18, penalti Ze Luish, 0:2 – 50 Melgarexo, 1:2 – 83 Burlak. 
Krilya Sovetov – Rijikov, V.DeNISOV (Poluyaxtov, 82), Shishkin, Zotov, Samarjich, Tkachuk, Rabiu, Yakovlev (Anton, 59), Zinkovskiy, Burlak, Sheydayev.
Spartak – Maksimenko, Yeshchenko, Djikiya, Ayrton, Zobnin, Gaponov, Melgarexo (Lomovitskiy, 85), Fernando (Umyarov, 90), Guliyev, Ze Luish, Luis Adriano (Tashayev, 73).
Ogohlantirishlar: V.Denisov (38), Luis Adriano (39), Ryjikov (43), Melgarexo (45), Gaponov (47), Zobnin (48), Fernando (88), Guliyev (90).

19 may
Ural – Lokomotiv
Yenisey – Dinamo
Arsenal Tula – Krasnodar
Rostov – Zenit
20 may
Rubin – Anji

Top