Jamiyat | 18:59 / 20.05.2019
15229
3 daqiqa o‘qiladi

Avloniy haqida film suratga olinmoqda. Ssenariy mualliflaridan biri Tohir Malik

«O‘zbekkino» milliy agentligi tomonidan mashhur o‘zbek ma'rifatparvari, shoiri va jamoat arbobi Abdulla Avloniy faoliyatiga bag‘ishlangan «Avloniy» nomli to‘liq metrajli badiiy film suratga olinmoqda. Bu haqda agentlik boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Azizbek Qurbonov Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, film rejissyori Muzaffar Erkinov, ssenariy mualliflari esa Tohir Malik hamda Muqaddas Usmonova.

Ma'lum qilinishicha, film Abdulla Avloniyning 1919 yilda Afg‘onistonga qilingan diplomatik safari haqida. Mamlakatda katta o‘zgarishlar ro‘y berayotgan davrda yashagan Avloniyning turlicha fikrlar, oqimlar, siyosiy tuzumlar o‘rtasidagi kurashlarga nisbatan kechgan ichki tuyg‘ulari, millatining kelajagi uchun qilgan harakatlari mazkur film asosini tashkil etadi. Unda jumladan, avvaliga jadidchilar qatorida bo‘lgan Avloniyning keyinchalik sho‘rolar hukumatiga xizmat qilishining sabablari, Afg‘onistonga safar barobarida uning o‘sha hukumatga nisbatan paydo bo‘lgan qarshi fikrlari, millati va yurti uchun chin yurakdan jon koyitishi haqida hikoya qilinadi.

Filmda Abdulla Avloniy rolini teatr aktyori Alisher Yo‘ldoshev ijro etmoqda. Kinokartinada yana bir qancha ijodkorlar – Otabek Haqberdiyev, Abror Yo‘ldoshev, Matyoqub Matjonov, Muhammadali Abduqunduzov, Javohir Zokirov, rus ijodkorlaridan esa Diana Sherezdanova, Gleb Galendr, Anvar Kartayev va Azat Axmedov ham ishtirok etmoqda.

«Filmni suratga olishdan maqsad – Avloniy obrazi timsolida o‘sha davrda yashab, faoliyat yuritgan, millat va yurt uchun kurashgan ziyolilarning hayoti bilan yurtdoshlarimizni yaqindan tanishtirish, ularga tarixni o‘rganish, yurtni himoya qilish burch ekanligini uqtirishdir», deydi Qurbonov.

Ma'lumot uchun, Abdulla Avloniy – shoir, dramaturg, murabbiy, ilk darsliklar muallifi, «Maktab», «Nashriyot» shirkatlar muassisi, o‘zbek teatri asoschilaridan biri, «Turon» teatr truppasi tuzuvchisi, shuningdek, Turkistonning Afg‘onistondagi birinchi muxtor elchisi, diplomati hisoblanadi.

Mavzuga oid

E`lonlar

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

O‘zbekiston Milliy banki dam olish kunlarida ham siz uchun xizmat ko‘rsatadi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda