AP xabariga köra, şort-listlarda eng köp tilga olingan loyihalardan ikkitasi — Rayan Kuglerning Sinners filmi va Wicked: For Good myuzikli bölib, ular bir neçta texnik toifalarda hamda musiqa yönalişlarida qayd etilgan. 

Bu yilgi röyxatlar quyidagi toifalarni qamraydi: animatsion qisqa metraj, aktyorlar iştirokidagi qisqa metraj, hujjatli töliq va qisqa metraj, xalqaro film, kasting, operatorlik işi, grim va soç turmagi, ovoz, vizual effektlar, şuningdek musiqa — (original qöşiq va original skor). 

Musiqa yönalişlarida esa bir qator taniqli ijroçilar va guruhlar ham şort-listdan joy olgani aytilmoqda; xususan, ayrim qöşiq va skorlar röyxatida Nine Inch Nails, Mayli Sayrus, Ed Şiran kabi nomlar tilga olinadi. 

Keyingi bosqiçda nominatsiyalar uçun ovoz beriş 2026 yil 12–16 yanvar kunlari bölib ötadi, rasmiy nominantlar esa 22 yanvar kuni e’lon qilinadi. 98-«Oskar» taqdirlaş marosimi 2026 yil 15 mart kuniga belgilangan va uni Konan ÖBrayyen olib borişi ma’lum qilingan.