O‘zbekiston | 12:34 / 02.12.2025
1728
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Misr Sayfiddin Qutuz haqida qo‘shma film suratga oladi

Misrdagi O‘zbekiston elchisi Mansur Qilichev Misr tashqi ishlar vazirining madaniy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Vael an-Naggar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasida madaniy hamkorlikni kengaytirish, jumladan Sayfiddin Qutuz haqida qo‘shma film suratga olish loyihasi muhokama qilindi.

Foto: “Dunyo” AA

“Dunyo” muxbiri xabar berishicha, O‘zbekistonning Misrdagi elchisi Mansur Qilichev Misr tashqi ishlar vazirining madaniy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Vael an-Naggar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi madaniy aloqalarni kengaytirish, fan, adabiyot, kino va san’at sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Vael an-Naggar O‘zbekistonning Markaziy Osiyo va islom dunyosi tarixida tutgan o‘rnini alohida e’tirof etar ekan, Misr tomoni madaniy sohalardagi qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Uchrashuv chog‘ida quyidagi tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi:

  • Misr va O‘zbekiston kino ijodkorlari hamkorligida Sayfiddin Qutuz haqida qo‘shma film suratga olish;
  • ikki xalq adabiyot durdonalarini o‘zbek va arab tillariga tarjima qilish;
  • kutubxonalar, muzeylar va musiqa institutlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
  • qo‘shma san’at ko‘rgazmalari va madaniy tadbirlarni tashkil etish.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston va Misr o‘rtasida madaniyat, turizm va san’at sohalari bo‘yicha manfaatdor idoralar rahbarlari darajasida uchrashuvlar tashkil etish, o‘zaro aloqalarning istiqbolli yo‘nalishlarini birgalikda ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid