21:24 / 20.05.2019
17316
Messi ilk marotaba Ronaldudan o‘zib ketdi
Foto: Twitter/FCBarcelona

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining so‘nggi turida «Eybar» (2:2) darvozasini ikki marta ishg‘ol qildi.

Bu bilan argentinalikning klubdagi gollari soni 602taga yetdi. Messi shuncha gol urish uchun 686ta o‘yinda maydonga tushgan. Natijada u 804ta o‘yinda 601ta gol urgan «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldudan ilk marotaba o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu mavsumda 31 yoshli Messi «Barselona» tarkibida barcha musobaqalarda 49ta o‘yinda maydonga tushib, 50ta gol urgan va 22ta golga hammualliflik qilgan.

Top