8562.34 USD +26.60

9731.96 EUR +165.96

135.34 RUB +2.77

10908.4 GBP +161.92

14:00 / 21.05.2019 5624

Saxovat oyida sizning saxovatingizga muhtoj bemor bolajonlarga yordam beraylik

Alloh o‘zining suygan bandalariga dard berib sinaydi. Kasallik bilan kurashish esa oson emas. Ayniqsa kasallik uzoq vaqt davolanishni talab qilsa. Hozir etiboringizga havola qilayotgan ushbu bemorlarimiz ham uzoq vaqt davolanishlari lozim.

Xabaringiz bor, Kun.uz jamoasi Toshkent shahrida joylashgan Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish institutidagi ko‘makka muhtoj insonlar holidan xabar olib kelmoqda. Bu safar ham oqqon kasalligiga chalingan bemorlarning shifokori va yaqin qarindoshlari bilan bog‘landik.

Video: Youtube

Video: Mover (tas-ix)

Birinchi bemorimiz Asadbek Sheyxnazarov. Asadbek 7 yoshda bo‘lib, Xorazm viloyati Xozarasp tumanidan kelgan. Hozir 7 kurs davo muolajalarini qabul qilyapti. Asadbekning oilasi uni davolatish uchun sotmagan narsasi qolmagan, hozirda dori-darmonlarga juda qiynalib qolishgan. Onasi Sabohat Annamurotovaning aytishicha, turmush o‘rtog‘i yo‘qligi sabab, bir o‘zi juda qiynalyapti. Davolanishni davom ettirishi uchun ona yaxshilarning moddiy ko‘magiga muhtoj.

Telefon: +998977903325

Onasi Sabohat Annamurotova nomiga ochilgan karta:

AGROBANK Click\PayMe: 8600 0424 6370 9807

MFO: 00454

INN: 201 005 083

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 8000 0045 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 6000 0045 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2311 8000 6000 0045 4001

Keyingi bemorimiz Iroda Xasanova Samarqand viloyati Ishtixon tumanidan kelgan. Iroda hozir 4 yoshda bo‘lib, 2 kurs dorilarini qabul qilyapti. Onasi Feruza Elmurodovaning aytishicha, turmush o‘rtog‘i oddiy ishchi, o‘zi esa uy bekasi. Dori-darmonlar qimmatligi sababli oila yaxshilarning yordamiga muhtoj. Ular uchun bir umr duoda. 

Telefon: +998935765509

Onasi Feruza Elmurodova nomiga ochilgan karta:

AGROBANK Click\PayMe: 8600 0417 3724 4559

MFO: 00454

INN: 201 005 083

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 8000 0045 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 6000 0045 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2311 8000 6000 0045 4001

Navbatdagi bemorimiz Murodjonova Hayotxon Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumanidan kelgan. Hayotxon hozir 8 yosh bo‘lib, 2 kurs muolajalarini qabul qilyapti. Biz borganimizda unga buvisi qarab turgan ekan. Buvisi Mo‘tabar Akbarovaning ta'kidlashicha, oila qizchani uzoq vaqt kutgan. Qizchaning otasi hozirda kunbay ishlaydi. Lekin dori-darmonlari juda qimmatligi uchun yaxshilardan yordam so‘rashga majbur bo‘lishgan.

Telefon: +99890532 30 37

Otasi Sobirjon Akbarov nomiga ochilgan karta:

AGROBANK Click\PayMe: 8600 0417 9046 2759

MFO: 00454

INN: 201 005 083

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 8000 0045 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 6000 0045 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2311 8000 6000 0045 4001

Keyingi bemor Shamsiddin Mengliqulov Surxondaryo viloyati Uzun tumanida yashaydi. Shamsiddin hozir 8 yoshda bo‘lib, og‘riqli azoblarni boshidan o‘tkazyapti. Onasi Dildora Niyozova uy bekasi. Hozir ham dori-darmonlarga, ham ijarada turib yashashga majbur bo‘layotgani sababli moddiy tomondan qiynalib qolishgan. Ular hozir yaxshilarning yordamiga muhtoj.

Telefon: +99899 428 15 54

Onasi Dildora Niyozova nomiga ochilgan karta:

AGROBANK Click\PayMe: 8600 0417 5702 1069

AGROBANK Visa Card: 4187 8200 0026 3044

MFO: 00454

INN: 201 005 083

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 8000 0045 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 6000 0045 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2311 8000 6000 0045 4001

So‘nggi bemorimiz Jahongir Rustamov Namangan viloyati Uychi tumanidan kelgan. Jahongir hozir 6 yoshda bo‘lib, 3 kursda davo muolajalarini qabul qilyapti. Onasi Marg‘uba Boymirzayevaning ta'kidlashicha, Jahongirning ko‘zini tezroq operatsiya qildirish kerak. Afsuski, ularning oilaviy sharoiti og‘ir. Turmush o‘rtog‘i oddiy ishchi. Hozirda oila yaxshilar yordamiga muhtoj bo‘lib turishibdi.

Telefon: +99893 403 42 98

Otasi Raximjon Boymirzayev nomiga ochilgan karta:

AGROBANK Click\PayMe: 8600 0604 8330 5448

MFO: 00454

INN: 201 005 083

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 8000 0045 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 6000 0045 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2311 8000 6000 0045 4001

Saxovatli va yaxshilikka tashna vatandoshlar! Ishonamizki, sizga havola qilayotgan ushbu xayriya aksiyamizga befarq bo‘lmaysiz. Sizlar sababchi bo‘lib qanchadan-qancha bemorlarimiz shifo topmoqda. Qilgan yaxshiliklaringiz ulkan ajr-savoblar bilan mukofotlansin.

Teglar

Top